← Ertaklar roʻyxatiga qaytish
SevgiBolalar uchunSehrliPodsholarDehqonlarMehr-oqibatAdolatTabiatTijorat

Farhod va Shirin

483 soʻz

Qadim zamonda bir podshohning qizi boʻlgan ekan. Qizning oy desa ogʻzi, kun desa koʻzi boʻlib, kulsa ogʻzidan gullar toʻkilar, yursa oyogʻidan tilla sochilar ekan. Qiz gulbogʻda qirq qizlari bilan sayr etib yurar ekan. Nima uchundir qiz yoshligidan beri doimo gʻamgin koʻrinar ekan. Qirq qiz Shirinning har qancha koʻnglini olish uchun urinsalar ham oʻynab-kulib, ochilib yurmas ekan.Bir kun kanizaklardan biri:— Hech narsadan kamchiligingiz boʻlmasa, nima uchun doimo xafa koʻrinasiz, — deb soʻrabdi.

Shunda Shirin:Men oʻynab, davron surib kulib yursam, boshqalar qaygʻu-gʻamda boʻlsa, undan nima foyda?

— degan javobni qaytaribdi.Bir kun Shirin daryo boʻyida sochini yuvib oʻtirgan ekan. Uning qoshiga bir kampir kelib:— Qizim, qani sening bu boʻyingga munosib yigit boʻlsa, — debdi. Shirin:— Men ham oʻsha siz aytgan yigitni istar edim, — debdi. Bu soʻzni eshitgan kampir:— Ana, sen istagan yigit daryoda oqib kelayotir, — deb aytibdi. Shirin daryoga qarayman deganda, boshidagi tilla tarogʻi suvga tushib ketibdi.Ikkinchi bir mamlakat podshosining oʻgʻli daryoda choʻmilayotgan ekan.

Tilla taroqni tutib olib, “Shu taroqning egasi kim boʻlsa, oʻshani olaman”, deb ahd qilibdi. Elda yurib surishtira boshlabdi. Bir kampir bu taroqning egasi Shirin ekanligini aytibdi. Yigit qizni axtarib yoʻlga chiqibdi.Kunchiqarda bir podshoh bor ekan, uning birgina Farhod nomli oʻgʻli boʻlgan ekan. Farhod qaygʻurib, gʻamgin boʻlib yurar ekan.

Bir kun otasi oʻgʻlini qirq yigiti bilan sayrga chiqaribdi. Farhodning koʻzi tosh yoʻnib turgan ustaga tushibdi.

Shu hunarga ishqiboz boʻlib, uni oʻrgana boshlabdi. Otasi uni bu ishdan qaytarsa ham unamabdi, oʻz bilganidan qolmabdi.

Kunlardan bir kun Farhod otasining xazinasiga kirib qolibdi. Undagi tosh sandiqni ochib, oyinayi jahonnamoga qarabdi. Oynada avval Guliqahqah parini koʻribdi.

Keyin kunbotar tomonda Shirinning argʻimchoq uchib turganini koʻribdi. Qizga oshiq boʻlib, boshidan hushi ketib yiqilgach, qoʻlidagi oyna yerga tushib sinibdi. Farhod Shirinni qidirib yoʻlga chiqibdi.Yoʻlda bir daraxtning soyasida bir yigitning uxlab yotganini koʻribdi. Daraxt tepasidan bir ilon tushib yigitga zahar solay deb turganida, Farhod yugurib kelib xanjar bilan ilonni oʻldiribdi.

Yigit choʻchib uygʻonibdi va Farhodga: “Hozir tushimda bir kishi “Tur, doʻsting keldi”, deb aytdi”, debdi va bu fojianing oldini olib qutqargani uchun Farhodga rahmat aytibdi. U bilan umrbod doʻst boʻlibdi.Bular yoʻl yurib, Shirinning mamlakatiga yetib kelishibdi, Farhod bir togʻ tagida bir necha ming askar toʻplanib turganini koʻribdi, bir choʻpondan bu askarlar kimniki ekanini bilib olibdi.

Shu vaqt Shirin qirq kanizagi bilan kelibdi. Shamol Shirinning yuzidagi pardasini koʻtaribdi. Farhod uni koʻrib oshigʻ-u beqaror boʻlib hushidan ketibdi. Doʻsti suyab uni oʻziga keltiribdi.

Biroq Shirin va qirq qiz ketib qolgan ekan. Farhod Shirinning qayerga ketganini soʻrabdi. Doʻsti: “Shirin shu togʻga suv chiqargan yigitga tegaman, deb aytdi”, — debdi.

Shu soʻzni eshitgan Farhod gʻayratga kelib, togʻ-toshni qoʻpora boshlabdi. Oxiri bu ishni tugatib, togʻga suv chiqaribdi. Doʻsti togʻning bir tomoniga Shirinning, ikkinchi tomoniga Farhodning rasmini chizibdi.Bir kuni Shirin togʻ etagida Farhod qurgan hovuzni koʻrish uchun qirq kanizagi bilan kelibdi. Shirin mevali daraxtlar bilan bezangan obod joyni koʻribdi. Bu choʻlni suvga serob qilib, bogʻ-u boʻstonga aylantirgan bahodir Farhodni koʻrib Shirin ham uni sevib qolibdi. Farhodni oʻz qasriga olib borib, ziyofat qilibdi.Shunday qilib, ular murod-maqsadlariga yetibdilar.

🎨

Rasmli versiyasini xohlaysizmi?

Chiroyli illyustratsiyalar bilan bezatilgan versiyani sotib oling — bolalaringizga oʻqib berishga ajoyib!

1 000 soʻm / sahifa
5+ ertak — 20% chegirma, 10+ ertak — 30% chegirma
Qisqa ertak (3–5 sahifa) — 3 000–5 000 soʻm
Oʻrtacha ertak (6–12 sahifa) — 6 000–12 000 soʻm
Uzun ertak (13–25 sahifa) — 13 000–25 000 soʻm
Tez kunda!

Hozirda illyustratsiyalar tayyorlanmoqda. Birinchi rasmli ertaklar tez orada tayyor boʻladi!