← Ertaklar roʻyxatiga qaytish
IbratliBolalar uchunTabiatOilaTijorat

Sinchalak

346 soʻz

Bor ekan-da, yoʻq ekan, och ekan-da, toʻq ekan, bir sinchalak boʻlgan ekan. U sinchalak choʻlda yurib, oyogʻiga tikan kirib ketibdi. Unga alam qilib, tuya oldiga borib:— Oyogʻimdan tikanimni olib qoʻy, — debdi. Tuya:— Bor-yey, — debdi. Sinchalak:— Senimi, qarab tur, boʻriga yegizaman, — deb boʻrining oldiga boribdi.

— Boʻri, sen ana u tuyani yesang-chi, — desa, boʻri:— Oʻzim semiz qoʻylarni yemay yuribman-u, tuyani yeymanmi, — debdi. Sinchalak:— Senimi, qarab tur, ovchiga otqizmasammi, — debdi. U ovchi oldiga borib:— Ovchi-ovchi, sen shu boʻrini otsang-chi, — desa, ovchi:— Bor-yey, oʻzimning quyonlarim yotibdi-yu, sening boʻringni otamanmi, — debdi. Sinchalak:— Ha, senimi, qarab tur. Sichqonga oʻq qopingni teshtirmasammi, — debdi. U sichqonning oldiga boribdi.

— Sichqon-sichqon, sen shu ovchining oʻq qopini teshsangchi, — debdi. U:— Bor-yey, kampirimning suprasini teshmayman-u, sen koʻrsatgan ovchining oʻq qopini teshaymi, debdi. Sinchalak:— Ha, joningni olsin, senimi qarab tur, deb mushuk oldiga borib:— Mushukvoy, mushukvoy, sen shu sichqonni yesang-chi, — debdi.

— Ey oʻrtoq, oʻzimning ilmoqdagi goʻshtimni yemay yotibman-u, sening sichqoningga yugurib ketaymi, — debdi. Sinchalak:— Hap senimi, qarab tur. Itvoyga talatmasammi, — debdi. Sinchalak yugurib itvoy oldiga borib:— Itvoy-itvoy, sen shu mushukni talasang-chi, — debdi.

— Bor-ye, oʻzimning harom oʻlgan qoʻylarim yotibdi-yu, endi sening mushugingga yugurib ketaymi, — debdi. Sinchalak:— Ha, senimi qarab tur, bolalarga urgizmasammi, — debdi. Sinchalak uchib-uchib, bolalar oldiga kelibdi.

— Hoy bolalar. Sizlar itni ursanglar-chi, debdi. Bolalar:— Yoʻqol! Oʻzimiz qimorga yutqizib qoʻyib, alam qilib turibmiz-ku, — deb sinchalakni kesak bilan uribdilar, unga alam qilib:— Senlarnimi, qarab turinglar, enalaringga urgizmasammi, — debdi. Sinchalak yugurib bolalarning onalariga borib:— Hoy xolalar, sizlar bolalaringizni ursalaring-chi, — debdi.

— Qoch, yoʻqol u yoqqa. Oʻzimizning urchugʻimiz yoʻqolib turibdi.

Endi boʻzimizni tashlab, bolamizni urib ketaylikmi, — debdi.

— Ha, senlarnimi, qarab turinglar, — deb u shamolvoy akaga boribdi:— Shamol-shamol, ikkimiz borib xotinlarning boʻzini uzmaymizmi?

— debdi. Shamol:— Boʻpti-boʻpti yur, boramiz, — deb bir toʻpolang qilib kelib, xotinlarning boʻzini uzib yuboribdi. Buni koʻrgan xotinlar alam qilib, bolalarini urib ketibdi. Bolalar borib itni urib ketibdi. It borib mushukni talab ketibdi. Mushuk sichqonga yuguribdi. Sichqon borib merganning oʻq qopini teshib ketibdi. Mergan borib tuyani quvib ketibdi. Tuya borsa, sinchalak yantoqqa qoʻnib turgan ekan. Yantoq bilan sinchalakni yeb qoʻyibdi.

🎨

Rasmli versiyasini xohlaysizmi?

Chiroyli illyustratsiyalar bilan bezatilgan versiyani sotib oling — bolalaringizga oʻqib berishga ajoyib!

1 000 soʻm / sahifa
5+ ertak — 20% chegirma, 10+ ertak — 30% chegirma
Qisqa ertak (3–5 sahifa) — 3 000–5 000 soʻm
Oʻrtacha ertak (6–12 sahifa) — 6 000–12 000 soʻm
Uzun ertak (13–25 sahifa) — 13 000–25 000 soʻm
Tez kunda!

Hozirda illyustratsiyalar tayyorlanmoqda. Birinchi rasmli ertaklar tez orada tayyor boʻladi!